Shvetsiya tahlil markazi O‘zbekistondagi so‘nggi o‘n yillik islohotlarini yuqori baholadi
Sentabr 04, 2026. 17:00 • 2 daq
• 24
STOKGOLM, 4-sentabr. /“Dunyo” AA/. Shvetsiyaning “Agenda Nexus” tahlil markazi tomonidan mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi hamda O‘zbekistondagi oxirgi o‘n yillikdagi islohotlarga bag‘ishlab maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Shavkat Mirziyoyev — Sharq Renessansi yetakchisi” sarlavhali maqolada so‘nggi o‘n yildagi o‘zgarishlar, iqtisodiyot, taʼlim, sog‘liqni saqlash, davlat boshqaruvi, sud tizimi va tashqi siyosat to‘liq qamrab olingani taʼkidlangan.
Nashrda qayd etilishicha, O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining real o‘sishi 2024-yildagi 6,7 foizdan so‘ng, 2025-yilda 7,7 foizni tashkil etdi.
Maktabgacha taʼlim qamrovi 78 foizga yetdi, so‘nggi o‘n yilda 1,5 millionga yaqin qo‘shimcha o‘quvchi o‘rni yaratildi, oliy o‘quv yurtlari talabalari soni esa taxminan 1,6 million kishiga yetdi va ularning yarmidan ko‘pini xotin-qizlar tashkil etadi.
“Agenda Nexus”da yozilishicha, kelgusi o‘n yillik uchun belgilangan vazifalar orasida taʼlim va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, kamida 10 ta o‘zbek universitetini dunyoning top-1000 talik reytingiga kiritish alohida ko‘rsatib o‘tilgan.
Iqtisodiy rejalarda 450 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb etish va 2030-yilga borib iqtisodiyot hajmini 300 milliard dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan.
Muallif Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga alohida to‘xtalib, u mintaqaning tarixiy merosi asosida xalqaro ilmiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirish maydoniga aylanishi mumkinligini ta’kidlagan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi