Krakovdagi otishma: olti kishi halok bo‘ldi, jinoyatchining uyidan yana uch kishining jasadi topildi
Noyabr 08, 2026. 16:30 • 2 daq
• 106
KRAKOV, 8-noyabr. /“Dunyo” AA/. Kecha Krakovning bosh maydonida 25 yoshli Polsha fuqarosi avtomobildan yo‘lovchilarga qarata o‘q uzdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Britaniya teleradiokompaniyasi – “BBC”ning rus xizmatiga tayanib.
Hodisa oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi, 16 kishi tan jarohati oldi. Jabrlanganlarning besh nafari chet el fuqarolaridir. Hujum qilgan shaxs politsiya tomonidan qo‘lga olingan va o‘qotar quroldan olgan jarohatlari sababli shifoxonada qolmoqda.
Keyinchalik gumonlanuvchining Ostrovets-Sventokshiski shahridagi uyidan uch kishining – otasi, onasi va singlisining jasadi topildi. Polsha ichki ishlar vaziri Martsin Kervinskiyning ma’lum qilishicha, barcha alomatlar otishma sodir etgan shaxs o‘ta o‘ng qanot mafkurasi ta’sirida bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Bu holat alohida tartibda tergov qilinadi.
Ikki nafar politsiyachi yaralangan, ulardan birining ahvoli o‘ta og‘ir. Bosh vazir Donald Tusk siyosatchilarni ushbu fojiadan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmaslikka chaqirdi. Mamlakatda 8–9-noyabr – umummilliy motam kunlari deb e’lon qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi