“Andijon polkasi” ommaviy ijro bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi
Iyun 25, 2026. 17:00 • 2 daq
• 90ANDIJON, 25-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbek milliy raqsi “Andijon polkasi” eng ommaviy ijro etilgani uchun Ginnesning rekordlar kitobi tomonidan rasman tan olindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Andijon viloyati hokimligiga tayanib.
Qayd etilishicha, “Andijon – turkiy dunyoning madaniy poytaxti – 2026” xalqaro tadbiri doirasida “Andijon polkasi” raqsini bir vaqtning o‘zida 20 ming nafar ishtirokchi ijro etgan.
Ijro yakunlangach, “Guinness World Records” vakili tadbir barcha xalqaro talablarga javob berganini qayd etib, rekord o‘rnatilganini tasdiqladi. Tantanali marosimda rasmiy sertifikat Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovga topshirildi.
Viloyat hokimi bu yutuq nafaqat Andijon, balki butun o‘zbek xalqining madaniy merosiga berilgan eʼtirof ekanini alohida taʼkidladi.
“Andijon polkasi” tez surʼati va faol harakatlari bilan mashhur bo‘lgan o‘zbek xalq raqsidir. Garchi ilgari asosan erkaklar tomonidan ijro etilgan bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi bilan u ayollar orasida ham keng tarqaldi.
Avvalroq andijoncha devzira palovi ham geografik ko‘rsatkich maqomini olgani xabar qilingan edi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi




