O‘zbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj ishida g‘alaba qozondi
Noyabr 13, 2026. 17:00 • 1 daq
• 159
TOSHKЕNT, 13-noyabr. /“Dunyo” AA/. 2026-yil 26-oktabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal qilish bo‘yicha xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqarosi M.Z.O. va boshqa da’vogarlar tomonidan O‘zbekistonga qarshi qo‘zg‘atilgan xalqaro arbitraj ishi yuzasidan qaror qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston Adliya vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, mazkur qarorga muvofiq, da’vogarlarning O‘zbekiston qarshi ilgari surgan barcha da’vo talablari rad etildi.
Ushbu investitsiyaviy nizo O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasida 1992-yilda tuzilgan investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitim asosida qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ishni ko‘rib chiqish jarayoni 2021-yilning iyun oyida boshlanib, besh yil davom etgan.
Arbitraj tribunali e’lon qilgan qaror nizolashuvchi tomonlar uchun yakuniy hisoblanadi.
Ushbu arbitraj ishida davlat manfaatlarini O‘zbekiston Adliya vazirligi hamda AQShning “Curtis, Mallet-Prevost, Colt & Mosle” xalqaro yuridik kompaniyasi himoya qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi