Abu-Dabida AQSh va YI ishtirokida Ukraina–Rossiya muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda
Noyabr 10, 2026. 18:25 • 2 daq
• 120
ABU-DABI, 10-noyabr. /“Dunyo” AA/. BAA poytaxtida AQSh vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatish va mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish shartlarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan Rossiya–Ukraina o‘rtasidagi ikki kunlik muzokaralar boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Rossiyaning “TASS” axborot agentligiga tayanib.
Rossiya delegatsiyasiga Rossiya prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy, Ukraina delegatsiyasiga esa Tashqi razvedka xizmati rahbari Rustem Umerov boshchilik qilmoqda. AQShdan prezidentning maxsus vakili Stiv Uitkoff va Jared Kushner qatnashmoqda.
Yevropa vakillarining ishtiroki alohida e’tibor qozonmoqda. Muzokaralarga Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi va NATO ham jalb etilgan. Fransiya TIV rahbari Jan-Noel Barroning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya vakillari to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda qatnashmoqda.
Uchrashuvlar ikki kun – 10–11-noyabrga mo‘ljallangan. Jared Kushner uchrashuvlardatomonlar o‘rtasida samarali muloqot o‘rnatilishiga umid bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi