Izmirdagi metallurgiya zavodida yuz bergan portlash oqibatida kamida 17 nafar ishchi halok bo‘ldi
Noyabr 10, 2026. 12:00 • 2 daq
• 204
TOSHKЕNT, 10-noyabr. /“Dunyo” AA/. Kecha Turkiyaning Izmir shahri Aliag‘a tumanidagi “HABAŞ” kompaniyasiga qarashli metallurgiya zavodida kuchli portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Turkiyaning “İlke TV” axborot portaliga tayanib.
Hodisa oqibatida kamida 17 nafar ishchi halok bo‘lgan, yana 13 kishi jarohatlangan. Ularning ikki nafarining ahvoli og‘ir. Portlash ortidan korxonada yong‘in kelib chiqqan. Dastlabki tergov ma’lumotlariga ko‘ra, portlash suyuq po‘lat quyish paytida ko‘prikli kran uzilib, pechga qulashi oqibatida yuz bergan.
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.
Turkiya yetakchisining topshirig‘iga binoan, energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslan Bayraktar hamda mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Vedat Ishiqxon zudlik bilan Izmirga jo‘nab ketdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi