“Yil o‘qituvchisi” tanlovi 208 g‘olibining har biri 616 million so‘m mukofot puli bilan taqdirlanadi

Sentabr 20, 2026. 16:30 • 2 daq

58
“Yil o‘qituvchisi” tanlovi 208 g‘olibining har biri 616 million so‘m mukofot puli bilan taqdirlanadi

TOSHKЕNT, 20-sentabr. /“Dunyo” AA/. Pedagoglar o‘rtasida yilning eng yirik kasbiy bellashuvi – “Yil o‘qituvchisi” tanlovining ilk g‘oliblari aniqlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan mazkur tanlovda respublika bo‘ylab 46 ming nafardan ziyod pedagog ishtirok etdi. Ular orasidan 208 nafar o‘qituvchi o‘z hududida birinchi o‘rinni egalladi.

Bellashuvlar jarayonida pedagoglarning kasbiy salohiyatini yuzaga chiqarish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladigan ilg‘or tajribalarga alohida e’tibor qaratildi.

Tanlovning eng e’tiborli jihati g‘oliblarga berilgan mukofot puli miqdoridir. 208 ta tuman va shaharning har biridan g‘olib bo‘lgan pedagog 616 million so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Bu summa bazaviy hisoblash miqdorining 1 ming 400 baravariga teng.

Bu yil ilk bor o‘tkazilgan tanlov nafaqat o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini namoyon etishi, balki pedagog mehnati va uning jamiyatdagi ahamiyatini munosib rag‘batlantirishga qaratilgan yirik tashabbus sifatida namoyon bo‘ldi.

Joriy yilgi tanlovda ishtirokchilar sonining 46 mingdan oshgani pedagoglar o‘rtasida kasbiy raqobat va qiziqish yuqori ekanini ko‘rsatadi. Ularning har biri o‘z hududida eng yaxshi natijani qayd etish uchun astoydil bellashdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish