Vengriyada TDT aʼzo davlatlari bilan asosiy huquqlar sohasidagi hamkorlik sharafiga yodgorlik monumentni ochildi
Noyabr 29, 2025. 11:41 • 59 soniya
• 158SHOMBATXEY, 29-noyabr. /“Dunyo” AA/. Kecha Vengriyaning Shombatxey shahrida Vengriya va Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) aʼzo davlatlari o‘rtasida asosiy huquqlar sohasidagi hamkorlikni ifodalovchi yodgorlik monumentning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Yodgorlik maxsus bog‘ hududida o‘rnatilgan bo‘lib, u yerda 2023 yil may oyida Turkiy davlatlar ombudsmanlari assotsiatsiyasining xalqaro konferensiyasi doirasida Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston delegatsiyalari Vengriyaning asosiy huquqlar bo‘yicha vakili bilan birgalikda o‘zlarining milliy navlarga mansub daraxtlarini ekishgan edi.
Daraxtlar aylanma shaklda, memorial belgi esa markazda joylashtirilgan. Bu esa turkiy dunyo davlatlarining birligi va ularning inson huquqlarini himoya qilishga bo‘lgan o‘zaro sadoqatining ramziy maʼnosini taʼkidlaydi.
Memorial huquqiy muloqotni mustahkamlash, o‘zaro hurmatni kuchaytirish hamda ishtirokchi davlatlar o‘rtasidagi sheriklik aloqalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Tadbirda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekistonning Vengriyadagi elchilari, shuningdek Vengriyaning yuqori darajali davlat idoralari vakillari ishtirok etdi.
Tantanali marosim konstruktiv va do‘stona ruhda bo‘lib o‘tdi. Yodgorlik monumenti ochilishi Vengriya va TDT aʼzo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamlardan biri bo‘lib, tomonlarning muloqot va o‘zaro aloqalarni chuqurlashtirishga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Doha forumi doirasida Termiz muloqotining strategik ahamiyati taqdim etildi
Nukus va Samarqand YUNESKOning Global taʼlim shaharlari tarmog‘iga qo‘shildi

