Logo

O‘zbekiston vakili Xalqaro Yevroosiyo metallurglar federatsiyasi bosh kotibi o‘rinbosari etib saylandi

Mart 16, 2026. 09:00 • 58 soniya

232
O‘zbekiston vakili Xalqaro Yevroosiyo metallurglar federatsiyasi bosh kotibi o‘rinbosari etib saylandi

ANQARA, 16-mart. /“Dunyo” AA/. Turkiya poytaxtida joylashgan Xalqaro Yevroosiyo metallurglar federatsiyasi Bosh assambleyasi yig‘ilishida tashkilotning boshqaruv organlariga saylovlar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Eʼtiborlisi, ushbu saylovda O‘zbekiston delegatsiyasi aʼzosi To‘rajon Raupov tashkilot bosh kotibi o‘rinbosari etib saylandi.

Xalqaro Yevroosiyo metallurglar federatsiyasi 1994-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 20 ta mamlakatdan 63 ta kasaba uyushmalarini birlashtiradi, ular metallurgiya sanoatining 10 milliondan ortiq xodimlarini ifodalaydi. Tashkilot mintaqadagi va xalqaro maydondagi eng kuchli kasaba uyushmalari tuzilmalaridan biridir.

O‘zbekistondagi turdosh tashkilotlar, jumladan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi va O‘zbekiston ish beruvchilar konfederatsiyasi bilan aloqalar ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va tajriba almashishga xizmat qilmoqda.

To‘rajon Raupovning rahbarlik lavozimiga tanlanishi o‘zbek mutaxassislarining professionalligi va xalqaro kasaba uyushmalari tuzilmalariga qo‘shgan hissasining eʼtirofidir.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish