Logo

Donald Tramp: Biz Yaqin Sharqqa qo‘shin yuborishni rejalashtirganimiz yo‘q

Mart 20, 2026. 12:59 • 2 daq

46
Donald Tramp: Biz Yaqin Sharqqa qo‘shin yuborishni rejalashtirganimiz yo‘q

VASHINGTON, 20-mart. /“Dunyo” AA/. Prezident Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar Eronga qarshi operatsiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun Yaqin Sharqqa qo‘shimcha harbiy kontingent yubormasligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “DW News”ga tayanib.

Yaponiya bosh vaziri Sanae Takayitining Oq uyga tashrifi chog‘ida matbuot vakillari bilan muloqot chog‘ida Tramp shunday dedi: “Agar men shunday qilganimda, bu haqda sizga aniq aytmagan bo‘lardim. Lekin men qo‘shin yubormayman. Vaziyatni nazorat ostida ushlab turish uchun barcha zarur choralarni ko‘ramiz”.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Reuters” agentligi o‘z manbalariga tayanib, AQSh prezidenti ma’muriyati Eronga qarshi harbiy operatsiyani kengaytirishi va Yaqin Sharqqa yana bir necha ming harbiyni olib kelishi mumkinligi haqida xabar bergandi.

Bundan tashqari, “Axios” portali ham bunday muhokamalar haqida yozgan va bu “har ikki davlat [AQSh va Isroil] Eron harbiylari endi ishtirokchi kuchlar uchun jiddiy xavf tug‘dira olmasligiga ishonch hosil qilgandan keyingina” sodir bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan.

Ayni paytda Yaqin Sharqda jangovar harakatlarning 21-kuni davom etmoqda. Mojaro boshlanganidan beri Eronning 18 mingdan ortiq tinch aholisi yaralangan, Livanda esa qurbonlar soni ming nafardan oshgan. Mintaqa bo‘ylab yana o‘nlab odamlar, jumladan, AQSh, Isroil harbiylari va chet el fuqarolari o‘ldirilgan.

“The Atlantic” jurnali surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish