Kapital harakati: Markaziy Osiyoda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya
Mart 17, 2026. 12:19 • 4 daq
• 577
Markaziy Osiyo Yevrosiyodagi tez oʻsayotgan investitsion maydonlardan biriga aylanmoqda. Soʻnggi yillarda mintaqadagi oʻzaro savdo hajmi 10,7 milliard dollarga yetdi, jami investitsiyalar 17 foizga oshdi. Barqaror oʻsish, logistika rivoji va yaqqol investitsiyaviy siyosat hukm surayotgan jarayonda global kapital mintaqa manfaatlari ichra tobora faol taqsimlanmoqda.
Mintaqaning xalqaro oʻrni ham mustahkamlanmoqda, albatta. «Markaziy Osiyo +» formatidagi hamkorlik tizimli ravishda oʻsib, taʼsir doirasi kuchli xalqaro maydonlarda mamlakatlararo kelishilgan pozitsiya boʻy koʻrsatmoqda. Ushbu formatga Ozarbayjonning qoʻshilishi bilan mintaqaning xalqaro hamjamiyatdagi ovozi yuksalishi kutilmoqda.
Oʻzbekiston va Ozarbayjon: hamkorlikning yangi bosqichi
Oʻzbekiston va Ozarbayjonning ikki tomonlama munosabatlari yangi darajaga koʻtarilmoqda. Tarixiy yaqinlik, madaniy qardoshlik va geografik uzviylik aniq iqtisodiy loyihalar va infratuzilmaviy tashabbuslarga aylanishi jadallashdi.
Bugungi hamkorlik faol siyosiy dialog, tovar almashinuvi oʻsishi va investitsiyaviy oqimning kengayishi bilan xarakterlanmoqda. Bunda toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar, sanoat hamkorligi va oʻzaro infratuzilmaviy loyihalar asosiy kuch boʻlib xizmat qiladi.
Strategik hamkorlik istiqbolida har ikkala mamlakat savdoni kengaytirish, iqtisodiy kooperatsiyalarni chuqurlashtirish va sayyohlik almashinuvini rivojlantirishda bir yoqadan bosh chiqaradi. Zero, 2025-yilda tomonlar oʻzaro tovar almashinuvi hajmini 2030-yilgacha 1 milliard dollarga oshirish maqsadida sanoat kooperatsiyasi va savdo rivojiga oid dasturni imzoladilar.
Makroiqtisodiy dinamika va investitsiyaviy rejalar
Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar tahlilidan ayon boʻldiki, ikki tomonlama hamkorlikda barqaror va ijobiy oʻsish koʻzga tashlanmoqda. Oʻtgan 8 yil ichida Oʻzbekiston 120 milliard dollarlik toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qildi, demak, iqtisodni liberallashtirish va sarmoyaviy muhitning yaxshilanishi asnosida kapital oqimining tezlashganini sezish mumkin.
Oʻzbekiston va Ozarbayjon hukumatlari tovar almashinuvini sezilarli oshirish maqsadida savdoning maqbul keluvchi huquqiy va texnik tartibini shakllantirish ustida ishlamoqdalar. 2026 yilda qoʻshimcha 50 milliard dollarga teng xorijiy sarmoyalarni jalb etishni rejalashtirayotgan Oʻzbekiston investitsiyaviy siyosatda yangi ustuvorliklarni eʼlon qildi.
AUIC strategiyasi
Ozarbayjon-Oʻzbekiston investitsiyaviy kompaniyasi (AUIC) asosan ikki davlat hududida barqaror va uzoq muddatli oʻsishga ega loyihalarga diqqat qaratadi. Shuningdek, kompaniya ikkala davlatning strategik manfaatlariga mos kelgan taqdirda boshqa mamlakatlarning tashabbuslari uchun ham ochiqdir.
Investitsiyaviy strategiya ikkita yoʻnalish atrofida quriladi: talab ehtimoli yuqori boʻlgan barqaror tarmoqlar va yuqori texnologik salohiyatga ega yangi jabhalar. Mazkur muvozanat bir vaqtning oʻzida juft imkoniyat beradi: kutilajak xatarlarni kamaytirish va yangi bozorlarni shakllantirishda ishtirok etish. Ustuvor yoʻnalishlar sirasiga sogʻliqni saqlash, logistika, ishlab chiqarish tarmogʻi, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, fintex, IT, taʼlim va energetika kiradi.
Kompaniya savdo-sanoat palatalari va biznes uyushmalari bilan birga ishlash orqali xalqaro hamkorlikni jadal rivojlantirmoqda. Salohiyatli hamkorlar qatorida Germaniya, Italiya, Yevropaning boshqa mamlakatlari, Yaponiya va Yaqin Sharq kompaniyalari mavjud.
Investitsiyaviy loyihalar
AUIC bir qator investitsiyaviy tashabbuslarni amalga oshirishga kirishgan. Jumladan, kompaniya texnologik sohada Engineering+ qoʻshma korxonasiga 1,7 million dollar sarmoya sarfladi. Loyiha yangi avlod data markazlari uchun asbob-uskunalarni mahalliy ishlab chiqarishni koʻzda tutadi. Bunda ICE+ immersion muzlatish texnologiyasidan foydalaniladi, sunʼiy intellekt va bulutli hisoblashlar uchun mikrodata markazlar, yuqori ishlab chiqarish xizmatlarini oʻz ichiga oladi. Mahsulot ichki bozor hamda Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlariga eksport uchun moʻljallangan.
Taʼlim sohasida AUIC Toshkentdagi American University of Technology ulushnini olgan. Ayni vaqtda universitet Cintana Education va Arizona State University bilan hamkorlikda ishlamoqda. Toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar hajmi 2 million dollarni tashkil etadi. Mablagʻlar infratuzilmani rivojlantirish va universitet moddiy-texnik bazasini kuchaytirishga yoʻnaltiriladi.
Hozirgi vaqtda kompaniya turli sohalardagi 15 ta istiqbolli loyihalarni koʻrib chiqmoqda.
Istiqboldagi rejalar
Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi tarixiy rishtalar savdo va madaniy almashinuv soyasida qaror topganini taʼkidlash joiz. Bugungi kunda esa ular iqtisodiy integratsiya, transport aloqalari va investitsiyaviy hamkorlik orqali taraqqiy etmoqda.
Ishbilarmon doiralarni kengaytirish, qoʻshma korxonalar tashkil qilish, yangi bozor koʻnikmalarini egallash investitsiyaviy oqimning yanada ortishiga zamin hozirlamoqda. Bunday majmuaviy yondashuv nafaqat erishilgan natijalarni mustahkamlaydi, balki uzoq muddatli strategik hamkorlik rivojini ham taʼminlaydi.
Global investitsiyaviy oqimlarni taqsimlash sharoitida Oʻzbekiston va Ozarbayjon investitsion muhit, infratuzilma va texnologiyani rivojlantirishga asoslangan hamkorlikning mintaqaviy modelini shakllantirmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi