O‘zbekiston aholisining o‘rtacha yoshi 30 yoshga yetmaydi

Iyun 08, 2026. 11:25 • 2 daq

1035
O‘zbekiston aholisining o‘rtacha yoshi 30 yoshga yetmaydi

TOSHKЕNT, 8-iyun. /“Dunyo” AA/. 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining o‘rtacha yoshi 29,5 yoshni tashkil etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, aholining eng yuqori o‘rtacha yoshi Toshkent shahrida qayd etilgan — 32,7 yosh. Keyingi o‘rinlardan Buxoro viloyati — 31,1 yosh, Toshkent viloyati — 31 yosh va Navoiy viloyati — 30,1 yosh joy olgan.

Aholining o‘rtacha yoshi Farg‘ona viloyatida 30 yoshni, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa 29,8 yoshni tashkil etdi. Andijon va Xorazm viloyatlarida ushbu ko‘rsatkich 29,5 yoshga, Namangan viloyatida esa 29 yoshga yetdi.

Mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan pastroq raqamlar Sirdaryo viloyatida — 28,7 yosh, Samarqand viloyatida — 28,5 yosh va Jizzax viloyatida — 28,4 yosh sifatida qayd etildi.

Eng yosh aholi Qashqadaryo viloyatida — 27,7 yosh va Surxondaryo viloyatida — 27,4 yosh bo‘lib ro‘yxatga olingan.

Statistika ma’lumotlari O‘zbekiston aholisining yosh tarkibi nisbatan yosh ekanligini ko‘rsatadi. Bunda eng yuqori o‘rtacha yosh poytaxtda va mamlakatning qator hududlarida kuzatilgan bo‘lsa, eng yosh ko‘rsatkichlar janubiy viloyatlarda qayd etilgan.

8 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 million 496 ming 805 kishini tashkil etmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish

So‘nggi yangiliklar

Toshkentda Markaziy Osiyo sinologlarining ikkinchi forumi boshlandi
“Dunyo” AA reportajiIyun 13, 2026. 15:00
Toshkentda Markaziy Osiyo sinologlarining ikkinchi forumi boshlandi
Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasi Qatardaga keng jamoatchilikka tanishtirildi
O‘zbekistonning xorijdagi vakolatxonalaridaIyun 13, 2026. 14:00
Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasi Qatardaga keng jamoatchilikka tanishtirildi
Toshkentda Sankt-Peterburg ishbilarmonlik markazi ochiladi
Iqtisodiy diplomatiyaIyun 13, 2026. 13:30
Toshkentda Sankt-Peterburg ishbilarmonlik markazi ochiladi
Shanxay kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirdi
Iqtisodiy diplomatiyaYanvar 01, 1970. 06:00
Shanxay kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirdi

Barchasi