Logo

2025-yilda O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 43 milliard dollardan oshdi

Yanvar 07, 2026. 11:33 • 26 soniya

327
2025-yilda O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 43 milliard dollardan oshdi

TOSHKENT, 7-yanvar. / “Dunyo” AA/. 2025-yilda O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 43,1 milliard dollarga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 24 foizga oshdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining maʼlumotlariga ko‘ra, asosiy ulushni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar - 38,2 milliard dollarga, shuningdek xalqaro moliya institutlari mablag‘lari - 4,9 milliard dollarga tashkil etdi.

O‘zbekiston bozoriga yetakchi jahon brendlarining kirib kelishi hamda Xitoy, Rossiya, Turkiya, Saudiya Arabistoni va BAA bilan hamkorlikning izchil rivojlanishi investitsiyaviy ishonchning oshib borayotganidan dalolat beradi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish