O‘zbekiston TIV rahbari Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirini telefon orqali mamlakatni 2027–2028 yillar uchun BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zoligiga saylangani bilan tabrikladi
Iyun 03, 2026. 23:25 • 2 daq
• 1
TOSHKЕNT, 3-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Qirg‘iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev janoblari bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Suhbatimiz avvalida Qirg‘izistonning BMT Xavfsizlik Kengashining 2027–2028-yillar uchun doimiy bo‘lmagan a’zosi etib saylangani munosabati bilan samimiy tabriklarimizni yo‘lladik. Ushbu tarixiy natija Qirg‘izistonning xalqaro maydondagi obro‘-ye’tibori va ko‘p tomonlama diplomatiya sohasidagi sa’y-harakatlarining yuksak e’tirofi ekanini ta’kidladik.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarining bugungi yuqori darajasini mamnuniyat bilan qayd etib, Davlat Rahbarlarimiz tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirish, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildik”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi




