“Lookwe”: O‘zbekiston mintaqaviy gumanitar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda

Iyun 04, 2026. 21:25 • 2 daq

51
“Lookwe”: O‘zbekiston mintaqaviy gumanitar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda

PЕKIN, 4-iyun. /“Dunyo” AA/. Xitoyning “Lookwe” nashrida Markaziy va Janubiy Osiyoning madaniy-sivilizatsion merosini tiklash va O‘zbekistonning mintaqaviy gumanitar hamkorlikni rivojlantirishdagi o‘rniga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Materialda ta’kidlanishicha, tarixan Markaziy va Janubiy Osiyo faol madaniy, ilmiy va iqtisodiy almashinuvning yagona makoni bo‘lib, u orqali Sharq va G‘arbni bog‘lovchi eng muhim savdo yo‘llari o‘tgan.

O‘zbekistonning mintaqaning umumiy madaniy-gumanitar platformasini shakllantirish borasidagi tashabbuslariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Markaziy va Janubiy Osiyo chorrahasida istiqbolli ta’lim va gumanitar markaz sifatida qaralayotgan Termiz shahri alohida ajralib turadi.

Shuningdek, O‘zbekiston xalqaro muloqot maydonlarini, jumladan, Afg‘oniston ishtirokida transport bog‘liqligini mustahkamlash, akademik hamkorlikni kengaytirish va gumanitar aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan “Termiz muloqoti” tashabbusini rivojlantirmoqda.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, bunday yondashuv inklyuziv mintaqaviylik konsepsiyasini aks ettiradi hamda hamkorlik va mintaqaviy barqarorlikning yangi mexanizmlarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish