O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiyaga keldi

Iyun 04, 2026. 20:25 • 52 soniya

69
O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiyaga keldi

TOSHKЕNT, 4-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, “Pulkovo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov, shahar gubernatori Aleksandr Beglov hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.

Tashrif doirasida bugun O‘zbekiston yetakchisi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazadi hamda mamlakatimizda birinchi integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi reaktorining qurilishini boshlash marosimida ishtirok etadi.

5-iyun kuni davlatimiz rahbari 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining asosiy tadbirlarida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish