Yaponiyalik hamkorlar bilan viloyatida zamonaviy shisha ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish va boshqa loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi

Noyabr 12, 2026. 18:30 • 2 daq

• 235
Yaponiyalik hamkorlar bilan viloyatida zamonaviy shisha ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish va boshqa loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi

NAGOYA, 13-noyabr. /“Dunyo” AA/. Toshkent viloyati delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi doirasida “Manekiya Glass Co., Ltd.” kompaniyasi prezidenti Yosisige Okuyama va “E-trans Corporation” kompaniyasi prezidenti Sin’itiro Ichiguchi bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Manekiya Glass Co., Ltd.” kompaniyasi oynani qayta ishlashga ixtisoslashgan bo‘lib, uning bosh ofisi Higasiosaka shahrida (Osaka prefekturasi) joylashgan. Korxonaning zavodlari Higasiosaka va Iga (Mie prefekturasi) shaharlarida faoliyat yuritadi, shuningdek, Yaponiyaning yettita shahrida filiallari mavjud. Besh yuz nafar xodim mehnat qiladigan mazkur korxona tomonidan steklopaketlar, bukilgan, toblab pishirilgan (chiniqtirilgan) va ko‘p qavatli oynalar ishlab chiqariladi. “E-trans Corporation” esa savdo faoliyati bilan shug‘ullanadi.

Uchrashuvda Toshkent viloyati tomonidan yaponiyalik hamkorlarga viloyatda toblab pishirilgan, ikki qavatli va ko‘p qavatli oynalar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish taklif qilindi. Shuningdek, 2027-yilning birinchi choragida quruvchilar va buyurtmachilar ishtirokida B2B formatdagi uchrashuvni o‘tkazish hamda o‘zbekistonlik mutaxassislarni Yaponiyadagi kompaniya zavodlarida stajirovkadan o‘tkazishni tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.

Bundan tashqari, Yangi Toshkent shahrida “Japan Plaza” investitsiya loyihasini amalga oshirish hamda Toshkent viloyatiga mashhur yapon brendlarini jalb etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish