O‘zbekiston diplomatlari fuqarolarimizga Rossiyaning Uzoq Sharq federal okrugidan Vatanga qaytishda yordam berdi
Noyabr 13, 2026. 10:30 • 2 daq
• 12
VLADIVOSTOK, 13-noyabr. /“Dunyo” AA/. Rossiyaning Uzoq Sharq federal okrugi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida qiyin moliyaviy vaziyatga tushib qolgan bir guruh O‘zbekiston fuqarolari yurtimizga qaytarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Vatandoshlar xorijda yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchiliklar sababli O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilib, yurtimizga qaytishda amaliy yordam so‘ragan.
Diplomatlar tomonidan o‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida hamyurtlarimiz 2026-yil 10-noyabr kuni Migratsiya agentligi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan O‘zbekistonga qaytarildi.
Vatanga qaytarilganlar orasida Buxoroda tug‘ilgan E.E., farg‘onalik Q.N. va uning voyaga yetmagan farzandi S.A., Samarqand viloyatida tug‘ilgan B.D. va uning o‘g‘li B.N. bor edi.
Mazkur amaliy yordam xorijda mushkul vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda vatanga xavfsiz qaytishlariga ko‘maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlardan biridir.
Eslatib o‘tamiz, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarimiz qiyin vaziyatga tushib qolgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining tegishli diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga murojaat qilishlari mumkin.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi