O‘zbekiston delegatsiyasi Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligida muzokara o‘tkazdi

May 29, 2026. 13:10 • 53 soniya

172
O‘zbekiston delegatsiyasi Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligida muzokara o‘tkazdi

TOSHKENT, 29-may. /“Dunyo” AA/. Tokioda bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) katta vitse-prezidenti Yoshikava Yoshifumi bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va JICA o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi holati va uni yana-da kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, infratuzilmani modernizatsiya qilish, transport, energetika, taʼlim, sog‘liqni saqlash va inson kapitalini rivojlantirish sohalarida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar texnik ko‘mak dasturlarini kengaytirish, kadrlar tayyorlash va ilg‘or yapon tajribasini O‘zbekistonga joriy etish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish muhimligini taʼkidladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish