O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari Tokioda Yaponiya Adliya vaziri o‘rinbosari bilan muzokaralar o‘tkazdi
May 29, 2026. 14:10 • 53 soniya
• 156
TOSHKENT, 29-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev kecha Tokio shahrida Yaponiya Adliya vaziri o‘rinbosari Xiroshi Morimoto bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, suhbat davomida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi huquqiy va konsullik sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar ikki mamlakatning tegishli idoralari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni, jumladan, migratsiya hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha o‘zaro aloqalarni kengaytirish muhimligini taʼkidladi.
Shuningdek, tashqi mehnat migratsiyasi, konsullik muassasalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish va navbatdagi konsullik maslahatlashuvlarini o‘tkazish yuzasidan fikr almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

O‘zbekiston delegatsiyasi Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligida muzokara o‘tkazdi



