Yaponiya Immigratsiya xizmati agentligida O‘zbekiston fuqarolarining qonuniy mehnat faoliyati uchun qulay shart-sharoit yaratish masalalari muhokama qilindi
May 29, 2026. 12:10 • 52 soniya
• 177
TOSHKENT, 29-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev kecha Tokioda Yaponiya Immigratsiya xizmati agentligi komissari Xidexaru Maruyama bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, muzokaralar davomida migratsiya sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish, O‘zbekiston fuqarolarining Yaponiyada qonuniy mehnat faoliyatini olib borishi uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari muhokama etildi.
Tomonlar mehnat migratsiyasi sohasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish, idoralararo aloqalarni mustahkamlash hamda migratsiya jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha tajriba almashishni davom ettirishga tayyor ekanini maʼlum qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari Tokioda Yaponiya Adliya vaziri o‘rinbosari bilan muzokaralar o‘tkazdi



