O‘zbekiston diplomatlari va taʼlim mutaxassislari fuqarolarimiz uchun xorijda yangi mehnat bozorlarini ochish va xavfsiz ish o‘rinlarini yaratish masalalarini muhokama qildi

Iyul 07, 2026. 12:30 • 2 daq

113
O‘zbekiston diplomatlari va taʼlim mutaxassislari fuqarolarimiz uchun xorijda yangi mehnat bozorlarini ochish va xavfsiz ish o‘rinlarini yaratish masalalarini muhokama qildi

TOSHKENT, 7-iyul. /“Dunyo” AA/. Kecha Tashqi ishlar vazirligi, Kasb-hunar taʼlimi agentligi hamda O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari rahbarlari ishtirokida videokonferensiya shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda xorijiy mehnat bozorlari ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlash, ish beruvchilar ishtirokida o‘quv dasturlarini tashkil etish yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.

Shu bilan birga, bitiruvchilarni ishga joylashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, xorijdagi ish o‘rinlarini diversifikatsiya qilish va yangi ish beruvchilar hamda ish o‘rinlarini jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da kuchaytirishga kelishib oldi. Uchrashuvda O‘zbekiston fuqarolari uchun yangi mehnat bozorlarini ochish va xavfsiz ish o‘rinlarini yaratish, noqonuniy migratsiyaning oldini olish, konsullik xizmatlari qamrovini kengaytirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish