O‘zbekiston delegatsiyasi Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo Siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha yuqori darajadagi muloqotda ishtirok etdi

Iyul 17, 2026. 16:30 • 2 daq

156

TOSHKENT, 17-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov boshchiligidagi delegatsiya 15-16-iyul kunlari Bryussel shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi Siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha yuqori darajadagi muloqotning 13-yig‘ilishida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqot davomida Samarqandda bo‘lib o‘tgan birinchi “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” sammiti yakunlari hamda ikki mintaqa o‘rtasidagi strategik sheriklikni yana-da mustahkamlash, siyosiy muloqotni izchil davom ettirish va amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Safar doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Yevrokengash Prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha bosh maslahatchisi Anton Bura, Yevropa tashqi harakatlar xizmati Bosh kotibi o‘rinbosari Olof Skug hamda Belgiya Tashqi ishlar vazirligining siyosat, xavfsizlik va mudofaa masalalari bo‘yicha bosh direktori Veronik Petit bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuvlarda O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi strategik sheriklikni yana-da chuqurlashtirish, “Global darvoza” tashabbusi doirasidagi loyihalar, shuningdek transport, investitsiya va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Yevropa tomoni O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va integratsiya jarayonlarini ilgari surishdagi faol rolini yuqori baholadi hamda erishilgan kelishuvlarni amaliy ro‘yobga chiqarishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish