TIVda Xitoy elchisi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda oliy va yuqori darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi

Iyul 17, 2026. 14:30 • 50 soniya

168
TIVda Xitoy elchisi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda oliy va yuqori darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi

TOSHKENT, 17-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvoxid Azimov kecha Xitoy elchisi Yuy Szyun bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar, shuningdek, O‘zbekiston va Xitoyning ko‘p tomonlama tuzilmalar, jumladan, SHHT va “MO – Xitoy” formati doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar oliy va yuqori darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish