Logo

O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildilar

Mart 07, 2026. 21:26 • 55 soniya

100
O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildilar

Istanbul shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining norasmiy yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Yaqin Sharqdagi vaziyat hamda uning mintaqaviy oqibatlari yuzasidan fikr almashdilar.

Tomonlar mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash manfaatlari yo‘lida mavjud ziddiyatlarni muloqot va diplomatiya orqali hal etish muhimligini ta’kidladilar.

Shuningdek, joriy yil yanvar oyida O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari hamraisligida o‘tkazilgan Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishida erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirishga qat’iy tayyorlik bildirildi.

Default Avatar

Material muallifi

Shahzoda Kuchkarova

shahzoda@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish