O‘zbekiston TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari va Bangladesh elchisi 2025-yildagi hamkorlik yakunlarini sarhisob qilib, 2026-yilga mo‘ljallangan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar
Dekabr 17, 2025. 18:02 • 31 soniya
• 104
TOSHKENT, 17-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon Aʼloyev 15-dekabr kuni Bangladesh elchisi Muhammad Monirul Islom bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar, 2025-yilda siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik natijalarini sarhisob qildilar, shuningdek 2026-yilga mo‘ljallangan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar.
Suhbat davomida O‘zbekiston va Bangladesh o‘zaro turli sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekani taʼkidlandi.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi