O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Filippin va Mo‘g‘ulistonning mamlakatimizdagi faxriy konsuli bilan uchrashuv o‘tkazdi
Dekabr 12, 2025. 19:07 • 30 soniya
• 90
TOSHKENT, 12-dekabr. /“Dunyo” AA/. Bugun, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon Aʼloyev Mo‘g‘uliston va Filippinning O‘zbekistondagi faxriy konsuli Bexbat Sodnom bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” АА muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, ushbu mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Xususan, O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda o‘zaro savdo hajmini kengaytirish maqsadida Mo‘g‘uliston va Filippinning yetakchi kompaniyalarini jalb etishga alohida eʼtibor qaratildi.
“Dunyo” АА olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
TIV homiyligida maktab o‘quvchilariga taʼlim jihozlari va esdalik sovg‘alari topshirildi