O‘zbekiston Prezidenti Samarqand shahrida Tojikiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Oktabr 19, 2026. 17:25 • 2 daq

• 13
O‘zbekiston Prezidenti Samarqand shahrida Tojikiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi

TOSHKЕNT, 19-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun “C5+1” formatidagi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddinni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon O‘zbekiston yetakchisiga Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Tojikiston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning asosiy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Hamkorlik barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdo va yuk tashish hajmi ortib bormoqda. Energetika, sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi sohalaridagi kooperatsiya loyihalari faol pallaga kirdi.

Madaniy-gumanitar, ta’lim va turizm sohalaridagi almashinuvni faollashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Tomonlar mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni ham muhokama qildilar.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish