O‘zbekiston Prezidenti Samarqand shahrida Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Oktabr 19, 2026. 17:15 • 2 daq

• 67
O‘zbekiston Prezidenti Samarqand shahrida Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirini qabul qildi

TOSHKЕNT, 19-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun “C5+1” formatidagi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga kelgan Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayevni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri mamlakatimiz yetakchisiga Prezident Sadir Japarovning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston–Qirg‘iziston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Prezidentimizning joriy yil iyul oyida Qirg‘izistonga amalga oshirgan davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratildi.

Tovar ayirboshlash hajmining ijobiy o‘sish sur’ati, yetakchi korxonalar va hududlar o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalari yo‘lga qo‘yilgani, energetika va transport sohalarida yirik mintaqaviy loyihalar amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Kelgusi yilga mo‘ljallangan madaniy-gumanitar tadbirlar va hududlar darajasidagi almashinuvlar rejasini qabul qilish muhimligi ta’kidlandi.

Tomonlar Markaziy Osiyo mintaqasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish