O‘zbekiston TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari Bag‘dodda O‘mon tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

Oktabr 18, 2026. 17:30 • 47 soniya

• 149
O‘zbekiston TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari Bag‘dodda O‘mon tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

TOSHKENT, 18-oktyabr. /“Dunyo” AA/. 17-oktyabr kuni Bag‘dod shahrida Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 52-sessiyasi doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyevning O‘mon tashqi ishlar vazirining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Shayx Xalifa bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tomonlar O‘zbekiston – O‘mon hamkorligining dolzarb masalalarini, siyosiy muloqot va savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish istiqbollari, Islom hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorlikni muhokama qildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish