TIVda Pokiston elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Sentabr 15, 2026. 20:20 • 42 soniya

137
TIVda Pokiston elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
“Dunyo” AA surati

TOSHKENT, 15-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev bugun Pokiston elchisi Muhammad Mudassir Tipu bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida tomonlar o‘zaro munosabatlarning muhim yo‘nalishlari, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, muloqot davomida o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari va qator xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish