O‘zbekiston delegatsiyasi Kaliningrad viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi bilan uchrashdi
Iyun 11, 2026. 16:30 • 55 soniya
• 94
TOSHKЕNT, 11-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Kaliningrad viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Valeriy Sherin bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Rossiya hududlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar hududlararo hamkorlik salohiyatidan yanada samarali foydalanish, sanoat kooperatsiyasi, logistika, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.
Shuningdek, hududlararo hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish, o‘zaro tashriflarni tashkil etish va biznes-missiyalarni muntazam o‘tkazib turish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi