Logo

Toshkentda O‘zbekiston va Shvetsiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi

Fevral 16, 2026. 19:04 • 46 soniya

93
Toshkentda O‘zbekiston va Shvetsiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 16-fevral. /“Dunyo” AA/. Bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston va Shvetsiya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarining 4-davrasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV xabariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev, Shvetsiya delegatsiyasiga esa Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligining Yevroatlantika masalalari va xavfsizlik siyosati bo‘yicha bosh direktori Torbjörn Solström rahbarlik qildi.

Maslahatlashuvlar davomida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamda boshqa o‘zaro manfaatli sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Savdo va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, jumladan ikki mamlakatning tegishli vazirliklari va kompaniyalari o‘rtasida tashriflar almashinuvi masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar, migratsiya sohasida hamkorlikni rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklari taʼkidlandi.

Bundan tashqari, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Maslahatlashuvlar yakunida ikki tomonlama sheriklikni yana-da mustahkamlash maqsadida muntazam muloqotni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish