Armanistonning yangi elchisi O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tdi
Fevral 16, 2026. 14:49 • 36 soniya
• 103
TOSHKENT, 16-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Armanistonning yangi elchisi (qarorgohi Yerevan shahrida) Georgiy Kocharyanni qabul qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Armanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi Georgiy Kocharyan janoblarining ishonch yorliqlarini qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV vaziri o‘zining telegram-kanalida. – O‘zaro manfaatli hamkorligimizni yanada kengaytirish yo‘llarini muhokama qildik. Shubhasiz, katta salohiyatga ega ko‘plab yo‘nalishlar mavjud.
Elchi janoblariga mamlakatimizdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz”.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Armaniston o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1995-yil 27-oktyabrda o‘rnatilgan.
2026-yil 29-yanvarda Armaniston Prezidentining farmoni bilan tayinlangan Georgiy Kocharyan 2019-yildan beri Armanistonning O‘zbekistondagi elchisi sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan Aram Grigoryan o‘rnini egalladi.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
