TIV delegatsiyasining Qatarga tashrifi doirasida qator uchrashuvlar o‘tkazildi
Fevral 16, 2026. 18:44 • 49 soniya
• 58TOSHKENT, 16-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon Aʼloyev boshchiligidagi delegatsiya Qatarga tashrif doirasida 15-fevral kuni rasmiy va ishbilarmon doira vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV xabariga ko‘ra, O‘zbekiston–Qatar o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yana-da chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.
Qatarning “Al Attiyah Group” rahbari Xolid bin Muhammad al-Atiyya bilan uchrashuvda savdo-iqtisodiy aloqalarni faollashtirish, investitsiyalarni jalb etish va o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Qatar davlati qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi kurashish markazi Vasiylik kengashi rahbari Ali bin Fetais Al-Marri bilan muzokaralar davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish, tajriba almashish va mutasaddi idoralar o‘rtasida hamkorlik mexanizmlarini faollashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Qatar xayriya tashkiloti ijrochi direktori Navaf al-Hammadi bilan suhbat davomida O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga eʼtibor qaratildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi



