Logo

Pekindan munosabat: O‘zbekiston–Tojikiston hamkorligi Markaziy Osiyoda yangi bosqichni boshlamoqda

Mart 31, 2026. 12:18 • 3 daq

125
Pekindan munosabat: O‘zbekiston–Tojikiston hamkorligi Markaziy Osiyoda yangi bosqichni boshlamoqda

PEKIN, 31-mart. /“Dunyo” AA/. Xitoy Davlat kengashi huzuridagi Yevroosiyo ijtimoiy rivojlanish instituti direktori o‘rinbosari Syuy Tao “Dunyo” AA muxbiriga Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning 26-27-mart kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi haqida fikr bildirdi:

– Xitoy ekspert-tahlil doiralarida Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning O‘zbekistonga davlat tashrifiga Markaziy Osiyodagi davlatlarning ichki muvofiqlashuvini mustahkamlash yo‘lining izchil rivojlanishi sifatida qaralmoqda.

Bu yerda gap ikki tomonlama voqea haqida emas, balki Markaziy Osiyo mamlakatlarining barqaror va institusional o‘zaro hamkorlik formatlariga o‘tishi bilan bog‘liq kengroq mintaqaviy dinamikaning namoyon bo‘lishi haqida bormoqda.

Markaziy Osiyo mamlakatlari so‘nggi yillarda rivojlanish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqishga intilishlarini namoyish etmoqda, bu esa mintaqa ichida ham, tashqi hamkorlar bilan ham hamkorlikni chuqurlashtirish uchun asos yaratmoqda.

Shunga ko‘ra, O‘zbekiston–Tojikiston aloqalarining faollashuvi Xitoy tomonidan to‘plangan ishonch va pragmatizm darajasining ifodasi sifatida qabul qilinadi.

Mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik ilgari mavjud bo‘lgan murakkabliklar, jumladan, chegaralarni delimitatsiya qilish va suv-energetika kun tartibi masalalari fonida rivojlanib borayotgani alohida ahamiyatga ega.

Hozirgi bosqich Xitoyda butun mintaqaviy muhit sifat jihatidan o‘zgarishining ko‘rsatkichi sifatida qaraladigan amaliy hamkorlikka o‘tish bilan tavsiflanadi. Qayd etilishicha, ushbu transformatsiya uzoq muddatli istiqbolga yo‘naltirilgan barqaror hamkorlik mexanizmlarini mustahkamlash uchun zamin yaratadi.

Iqtisodiy yo‘nalishda O‘zbekiston–Tojikiston hamkorligini chuqurlashtirish mintaqaning o‘zaro bog‘liqligini oshirishga xizmat qilishi, infratuzilma va investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochishi ta’kidlangan.

Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida yanada yaqin aloqalarni shakllantirish transport yo‘laklari va energetika kooperatsiyasini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi. Bu Xitoyning “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusini ilgari surishdagi manfaatlariga mos keladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Xitoyning sezilarli tranzit salohiyatiga ega mintaqadagi asosiy hamkorlaridan biri sifatida qaraladi, Tojikiston esa mintaqaning energiya konfiguratsiyasida muhim bo‘g‘in hisoblanadi.

O‘zbekiston–Tojikiston munosabatlarining rivojlanishi butun mintaqadagi, jumladan, Xitoyga tutash hududlardagi vaziyatni barqarorlashtirish omili sifatida baholanmoqda.

Kengroq ma’noda, Xitoyda Emomali Rahmonning davlat tashrifiga Markaziy Osiyo subyektligini bosqichma-bosqich mustahkamlash jarayonining bir qismi sifatida qaraladi.

Mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi muvofiqlashtirishni chuqurlashtirish asosiy xalqaro masalalar bo‘yicha kelishilgan pozitsiyalarni ishlab chiqish imkonini beradi.Bu ularning xalqaro maydondagi rolini obyektiv ravishda oshiradi. Umuman olganda, Xitoy tomoni O‘zbekiston–Tojikiston muloqotining rivojlanishini barqarorlikni mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladigan ijobiy va uzoq muddatli ahamiyatga molik tendensiya sifatida baholaydi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish