Dushanbedan munosabat: O‘zbekiston Yevroosiyoda yangi kontinental barqarorlikni shakllantirishda muhim o‘rin tutmoqda
Oktabr 20, 2026. 13:00 • 2 daq
• 237
DUSHANBЕ, 20-oktabr. /“Dunyo” AA/. Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi Falsafa, siyosatshunoslik va huquq instituti ilmiy xodimi Viktor Kim O‘zbekiston Prezidentining Ozarbayjonga amaliy tashrifi va OHICHK sammitidagi ishtiroki yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
– Bokuda bo‘lib o‘tgan OHICHKning yettinchi sammiti jahon siyosatida tub burilish yasadi. Yevroosiyo makonida yangi xavfsizlik arxitekturasi shakllanmoqda. Unda asosiy strategik masalalarni “Markaziy Osiyo–Kaspiy–Janubiy Kavkaz” mintaqasi hal etmoqda.
Markaziy Osiyo o‘zgalarning “katta o‘yinlari” obyekti maqomidan uzil-kesil xalos bo‘ldi va xalqaro huquqning jipslashgan subyekti sifatida o‘zini namoyon etdi. Ulkan YIMga ega bo‘lmasa-da, “Markaziy Osiyo–Kaspiy–Kavkaz” makromintaqasi eng muhim ustunlikka – qit’aning o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha monopoliyaga ega.
Ushbu yangi Yevroosiyoning bog‘lovchi bo‘g‘ini sifatida O‘zbekiston maydonga chiqmoqda. Toshkentning Pomirdan Kavkaz va Yaqin Sharqqacha bo‘lgan transport, raqamli va energetika yo‘laklarini tutashtirishga qaratilgan strategik yo‘li OHICHKga 30 yildan beri yetishmayotgan narsa – amaliy geoiqtisodiy poydevorni taqdim etmoqda.
Bokuda tarixiy haqiqat o‘z tasdig‘ini topmoqda: bugun aynan Yevroosiyo markazida yangi kontinental barqarorlikka asos solinmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi