Rossiyadan munosabat: Moskva va Toshkent o‘rtasida do‘stlik, ishonch va o‘zaro hurmatning eng yaxshi an’analari shakllangan

Iyun 06, 2026. 14:00 • 2 daq

71
Rossiyadan munosabat: Moskva va Toshkent o‘rtasida do‘stlik, ishonch va o‘zaro hurmatning eng yaxshi an’analari shakllangan

MOSKVA, 6-iyun. /“Dunyo” AA/. Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarini o‘rganish markazi katta ilmiy xodimi, Zamonaviy Turkiyani o‘rganish markazi direktori Amur Gajiyev “Dunyo” AAga O‘zbekiston Prezidentining 4–5-iyun kunlari Rossiyaga amaliy tashrifi hamda Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ishtiroki yuzasidan fikr bildirdi:

– O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bu yil “Pragmatik muloqot – barqaror kelajak sari yo‘l” shiori ostida o‘tayotgan Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PXIF)dagi ishtiroki alohida ahamiyat kasb etadi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda Rossiya–O‘zbekiston munosabatlari yaxshi rivojlanmoqda – savdo aylanmasi, savdo-iqtisodiy aloqalar hajmi o‘sib boryapti, yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston yetakchisining Buyuk G‘alabaning 81-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda qatnashgani muhim voqea bo‘ldi.

Hozirgi kunda Rossiya–O‘zbekiston munosabatlari keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan. O‘zbekiston davlat rahbarining Rossiyada bo‘lishi chog‘ida ikki davlat iqtisodiy hamkorligini kengaytirish yo‘llari ko‘rib chiqildi. Davlat rahbarlari onlayn tartibda O‘zbekistondagi integratsiyalashgan AESning birinchi energoblogi qurilishiga start berdi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston SPIEF doirasida ko‘rgazma loyihalari va xalqaro opera sahna asarini o‘zida jamlagan keng ko‘lamli madaniy dasturni namoyish etmoqda.

Bugungi kunda Prezident Shavkat Mirziyoyev va uning jamoasi jamiyat hayoti hamda davlat institutlarining deyarli barcha sohalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturni amalga oshirish yo‘lida faol ish olib bormoqda – amalda Yangi O‘zbekiston bunyod etilmoqda. Tashqi siyosat yo‘nalishida yangi konsepsiya shakllantirilib, ustuvor vazifalar qayta ko‘rib chiqilmoqda, davlatning strategik maqsadlarini aks ettirgan holda, mavjud geosiyosiy vaziyatga yanada mos keladigan tamoyillar belgilanmoqda. Toshkent “Shimol–Janub” xalqaro transport yo‘lagiga qo‘shildi, Rossiya bilan hamkorlikda Transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasida ishtirok etmoqda, atom elektr stansiyasini barpo etyapti. Ayni paytda Rossiya va O‘zbekiston energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi va transport sohalarida 100 dan ortiq qo‘shma investitsiya loyihasini amalga oshirmoqda.

Nazarimda, bunday sharoitda Moskva va Toshkent do‘stlik, ishonch va o‘zaro hurmatning eng yaxshi an’analari ruhida ikki tomonlama muloqotni rivojlantirishga intilmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish