BAAning yirik savdo tarmog‘i o‘zbek mahsulotlari importiga katta qiziqish bildirmoqda
Iyun 06, 2026. 12:30 • 2 daq
• 74
ABU-DABI, 6-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston diplomatlari BAAning eng yirik riteyl tarmoqlaridan biri bo‘lgan “LuLu Group International” bosh direktori Saifi Rupavala bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muzokaralar davomida xorij tomoniga O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik mahsulotlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi hamda tegishli tijorat takliflari taqdim etildi.
Saifi Rupavala mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanini, shu bilan birga mahsulotlar raqobatbardosh narxlarda yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida transport yo‘laklarini chuqur o‘rganish zarurligini ma’lum qildi.
Uchrashuv yakunida joriy yilning iyul oyida O‘zbekistonning yirik eksportyorlar delegatsiyasining BAAga tashrifini tashkil etish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
“LuLu Group International” kompaniyasi 1974-yilda Abu-Dabida tashkil etilgan bo‘lib, dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritadi. Korxona 270 ga yaqin savdo nuqtalariga, jumladan, 120 ta gipermarket, 110 dan ziyod ekspress-do‘kon va 30 dan ortiq minimarketlarga ega. Kompaniyaning 2025-yildagi daromadi 7,9 milliard dollarni tashkil etdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi