O‘zbekiston TIV Yaqin Sharqda sulh o‘rnatilishini olqishladi
Aprel 08, 2026. 13:31 • 58 soniya
• 98
TOSHKENT, 8-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqda o‘t ochish to‘liq to‘xtatilgani va sulh o‘rnatilgani munosabati bilan rasmiy bayonot berdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“O‘zbekiston Pokiston rahbariyati vositachiligida Yaqin Sharqda o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish va sulh o‘rnatilishi eʼlon qilinganini olqishlaydi, – deyiladi hujjatda. – Mazkur saʼy-harakatlarni keskinlikni yumshatish, siyosiy-diplomatik muloqot va o‘zaro maqbul yechimlarni topish uchun sharoit yaratish yo‘lidagi muhim qadam, deb hisoblaymiz.
Barcha tomonlarni vazmin bo‘lishga, vaziyatni yana keskinlashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga, shuningdek tinchlik va barqarorlikka erishish maqsadida konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga chaqiramiz.
O‘zbekiston mojarolarni faqat tinch yo‘l bilan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi tamoyillariga muvofiq qatʼiy ravishda hal etish zarurligi to‘g‘risidagi o‘zgarmas pozitsiyasini tasdiqlaydi”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi