Logo

“London Post”: Amir Temur merosi Londonda xalqaro miqyosda o‘rganilmoqda

May 05, 2026. 14:55 • 2 daq

298
“London Post”: Amir Temur merosi Londonda xalqaro miqyosda o‘rganilmoqda

LONDON, 5-may. /“Dunyo” AA/. Britaniyaning “London Post” nashrida Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir haqida maqola eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqola mualliflari Raza Sayed va Muhammad Alining yozishicha, O‘zbekistonning Londondagi elchixonasida bo‘lib o‘tgan tadbir diplomatik aloqalarni mustahkamlash va kengaytirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Unda diplomatlar, akademik doiralar vakillari va madaniyat arboblari ishtirok etgan.

Tadbirda O‘zbekistonning boy tarixi, milliy urf-odat va anʼanalari, madaniyati va diplomatiyasi haqida maʼlumot berilgan. Diplomatlar Amir Temur merosi hamda uning davlatchilik, ilm-fan, meʼmorchilik va sivilizatsiya rivojiga qo‘shgan hissasiga alohida to‘xtalib o‘tgan.

Uchrashuv davomida mehmonlarga o‘zbek milliy taomlari, jumladan, palov, somsa, turli shirinliklar va anʼanaviy ko‘k choy taklif etilgan. Mualliflarning fikricha, kechaning gastronomik qismi o‘zbek mehmondo‘stligi va madaniy o‘ziga xosligining yorqin ifodasi bo‘lgan.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish