Logo

Bursada O‘zbekiston va Turkiya yoshlari Temuriylar merosiga bag‘ishlangan ilmiy tanlovlar va intellektual o‘yinlarda ishtirok etdi

May 09, 2026. 15:30 • 2 daq

65

BURSA, 9-may. /“Dunyo” AA/. Turkiyaning Bursa shahrida Sohibqiron Amir Temurning boy tarixiy merosi va uning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rniga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda o‘zbek diasporasi vakillari, “Turkiya–O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi Osman Mesten, Bursa viloyati ma’muriyati rahbariyati, ekspertlar va talabalar ishtirok etdi.

Uchrashuvda Amir Temurning davlatchilik, ilm-fan, madaniyat va xalqaro aloqalar rivojiga qo‘shgan hissasiga bag‘ishlangan ilmiy ma’ruzalar tinglandi va taqdimotlar namoyish etildi. Shuningdek, temuriylar davrini o‘rganishga doir zamonaviy tadqiqotlar va yangicha yondashuvlar muhokama qilindi.

Talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan ilmiy ma’ruzalar tanlovi va intellektual o‘yinlar ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi. Qatnashchilar o‘zlarining yuqori darajadagi tayyorgarligi, tahliliy tafakkuri va milliy tarixga qiziqishini namoyon etdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlarga O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar taqdim etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish