Bolalikdagi muxlislikdan Jahon chempionatidagi raqiblikkacha

Iyun 22, 2026. 21:00 • 2 daq

Bolalikdagi muxlislikdan Jahon chempionatidagi raqiblikkacha
Bolalikdagi muxlislikdan Jahon chempionatidagi raqiblikkacha
Bolalikdagi muxlislikdan Jahon chempionatidagi raqiblikkacha
Bolalikdagi muxlislikdan Jahon chempionatidagi raqiblikkacha
Bolalikdagi muxlislikdan Jahon chempionatidagi raqiblikkacha

SYURIX, 22-iyun /“Dunyo” AA/. FIFA o‘zining rasmiy YouTube sahifasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari – Rustam Ashurmatov va Dostonbek Hamdamov ishtirokidagi qiziqarli videolavha e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Namoyish qilingan lavhada 2009-yilda jahon yulduzi Krishtianu Ronalduning yurtimizga tashrifi, bo‘lajak futbolchilarimiz bilan uchrashuvi hamda u bilan bog‘liq yorqin xotiralari haqida hikoya qilinadi.

“Ronalduning tashrifi kutilmagan voqea bo‘lgan edi. U kelib biz bilan futbol o‘ynagan, o‘shanda biz 13 yoshda edik. Bu unutilmas lahza edi”, – deya xotirlaydi futbolchilar.

O‘shanda endigina futbolga qadam qo‘yayotgan yosh bolalar endilikda Jahon chempionati doirasida 23-iyun kuni Portugaliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Videoda futbolchilar o‘tgan yillar davomida katta tajriba to‘plagani va bo‘lajak uchrashuvda faqat g‘alaba uchun kurashishini alohida ta’kidlagan.

“Ronaldu yurtimizga kelganida futbolni endi o‘rganayotgan bola edik. Hozir esa Jahon chempionatidamiz. O‘yin boshlanganda Ronaldu bizning kumirimiz emas, balki raqibimizga aylanadi. Biz doimo Jahon chempionatida qatnashishni orzu qilganmiz va munosib o‘yin ko‘rsatish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz”, – deya futbolchilar fikrlari videolavhada keltirilgan.

Tez orada ushbu intervyuning o‘zbek tilidagi to‘liq varianti “Dunyo” axborot agentligining rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish