Logo

Qozog‘istonda 2026-yil “Raqamlashtirish va sunʼiy intellekt yili” deb eʼlon qilindi

Yanvar 07, 2026. 09:51 • 30 soniya

414
Qozog‘istonda 2026-yil “Raqamlashtirish va sunʼiy intellekt yili” deb eʼlon qilindi

TOSHKENT, 7-yanvar. /“Dunyo” AA/. Qozog‘iston Prezidenti 2026-yilni “Raqamlashtirish va sunʼiy intellekt yili” deb eʼlon qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Kazinform” xalqaro axborot agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, avvalroq Prezident Qasim-Jomart Toqayev o‘zining Yangi yil tabrigida 2026-yilni Raqamlashtirish va sunʼiy intellekt yili deb eʼlon qilinishi haqida aytib o‘tgan edi.

“Men kelgusi yilni Raqamlashtirish va sunʼiy intellekt yili deb eʼlon qilish haqida qaror qabul qildim, – dedi Qozog‘iston Prezidenti. – Ilg‘or texnologiyalarning joriy etilishi mamlakatning barcha sohalardagi salohiyatini oshirish imkonini beradi”.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish