Ashxobodda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida transport-kommunikatsiyalar sohasidagi hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi
Aprel 02, 2026. 15:01 • 55 soniya
• 96
ASHXOBOD, 2-aprel. /“Dunyo” AA/. Ashxobod shahrida O‘zbekiston elchisi Ravshanbek Alimovning Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari Batir Annayev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot chog‘ida tomonlar ikki davlat o‘rtasida transport-logistika va kommunikatsiyalar sohasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarning ijobiy dinamikasi va sezilarli faollashgani qayd etildi. Bunda transport infratuzilmasini yana-da rivojlantirish hamda yuk tashuvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish muhim ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi.
Tomonlar O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida transport-tranzit, logistika va kommunikatsiyalar sohasida hamkorlikning rivoji nafaqat ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga, balki mintaqada transport yo‘laklarining barqarorligi va samaradorligini oshirishga ham xizmat qilishini eʼtirof etdilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi