Toshkent va O‘sh o‘rtasida ilk aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
Aprel 02, 2026. 19:41 • 55 soniya
• 70
O‘SH, 2-aprel. /“Dunyo” AA/. Shu yilning 1-aprel kuni “Centrum Air” aviakompaniyasining Toshkent–O‘sh–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk aviareys amalga oshirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘sh xalqaro aeroportida O‘zbekiston havo kemasi anʼanaviy suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi.
Ilk reysning o‘zida Toshkentdan 98 nafar yo‘lovchi uchib kelgan bo‘lsa, O‘shdan 141 nafar yo‘lovchi O‘zbekiston poytaxtiga yo‘l oldi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, yo‘lovchilar orasida O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolaridan tashqari Turkiya, Xitoy va Koreya Respublikasidan kelgan sayyohlar ham borligi ushbu yo‘nalishning xalqaro turistik jozibadorligini ko‘rsatdi.
Parvozlar “Airbus A320” zamonaviy samolyotlarida haftasiga ikki marta – chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Yaqin kelajakda reyslar sonini 4 tagacha oshirish rejalashtirilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi