O‘zXIA Shanxayda yangi hamkorlik tashabbuslarini ilgari surdi

Iyun 11, 2026. 21:10 • 2 daq

30
O‘zXIA Shanxayda yangi hamkorlik tashabbuslarini ilgari surdi
O‘zXIA Shanxayda yangi hamkorlik tashabbuslarini ilgari surdi
O‘zXIA Shanxayda yangi hamkorlik tashabbuslarini ilgari surdi
O‘zXIA Shanxayda yangi hamkorlik tashabbuslarini ilgari surdi

TOSHKЕNT, 11-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi (O‘zXIA) delegatsiyasi Shanxay shahrida o‘tkazilgan “SHHT tahlil markazlari forumi”da ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Forumda akademiyaning birinchi prorektori, siyosiy fanlar doktori, dots.nt Habibullo Sadibaqosev hamda Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani, professor Farhod Karimov “Xitoy va Markaziy Osiyo: mintaqaviy hamkorlikni yuqori darajada qo‘llab-quvvatlash” mavzusida ma’ruza qildi.

Tashkil etilgan uchrashuvlarda SHHTga a’zo davlatlardan yuzlab olimlar va mutaxassislar ishtirok etib, zamonaviy xalqaro munosabatlar sharoitida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar almashdi.

Tashrif doirasida delegatsiya Shanxay siyosatshunoslik va huquq universiteti hamda SHHTning Xalqaro huquqiy ta’lim va hamkorlik markazi rahbariyati bilan ham qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Suhbatlar jarayonida universitetning birinchi prorektori, professor Luo Ligang hamkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, mehmonlarga tashrif uchun minnatdorlik bildirdi.

Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, Shanxaydagi SHHT markazida talabalar amaliyotini tashkil etish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda anglashuv memorandumini tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Habibullo Sadibaqosev universitet rahbariyatini Toshkentga taklif etib, O‘zXIA rektori Muzaffar Kamilovning salomini yetkazdi.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish