O‘zbekiston va Qozog‘iston “Qambarota-1” GES loyihasini ilgari surmoqda
May 19, 2026. 13:55 • 2 daq
• 104
MOSKVA, 19-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston va Qozog‘iston “Qambarota-1” GESi qurilishini ilgari surmoqda va elektr energiyasi eksporti uchun “yashil yo‘lak” yaratmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Rossiyaning “Ritm Yevrazii” axborot-tahliliy nashriga tayanib.
Materialda qayd etilishicha, O‘zbekiston Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan energetika sohasidagi hamkorlikni izchil kengaytirmoqda. Jumladan, “Qambarota-1” GESi qurilishida ishtirok etish hamda Qozog‘iston, Ozarbayjon va Saudiya Arabistoni bilan elektr energiyasi eksporti uchun “yashil yo‘lak”ni shakllantirish masalalari muhokama qilinmoqda.
O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Toshkentda bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston energetika haftaligi – 2026” xalqaro forumida energetika sohasidagi mintaqaviy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini bayon etdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy yirik loyihalardan biri “Qambarota-1” GESi qurilishida ishtirok etish va Markaziy Osiyo davlatlarini birlashtiradigan hamda elektr energiyasini kengroq bozorlarga eksport qilish imkonini beradigan “yashil yo‘lak” transmintaqaviy energetika yo‘nalishini rivojlantirishdir.
Shuningdek, O‘zbekiston energetika sektorini diversifikatsiya qilish, atom energetikasini rivojlantirish hamda qazib olinadigan yoqilg‘iga qaramlikni bosqichma-bosqich kamaytirishni rejalashtirayotgani taʼkidlandi.
Mutaxassislar fikricha, 2026–2030-yillarda Markaziy Osiyo davlatlarining energetika sohasidagi hamkorligiga kiritiladigan investitsiyalar hajmi 10–15 milliard AQSH dollarigacha yetishi mumkin.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Qozog‘iston mintaqada birinchi bo‘lib sunʼiy yomg‘ir texnologiyasini amaliyotga joriy etdi

O‘sh shahrida Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi


