Paksh shahri kunida o‘zbek milliy taomlari taqdimoti o‘tkazildi

May 19, 2026. 12:25 • 2 daq

23
Paksh shahri kunida o‘zbek milliy taomlari taqdimoti o‘tkazildi
Paksh shahri kunida o‘zbek milliy taomlari taqdimoti o‘tkazildi
Paksh shahri kunida o‘zbek milliy taomlari taqdimoti o‘tkazildi
Paksh shahri kunida o‘zbek milliy taomlari taqdimoti o‘tkazildi
Paksh shahri kunida o‘zbek milliy taomlari taqdimoti o‘tkazildi

PAKSH, 19-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari joriy yilda o‘zining 47 yilligini nishonlayotgan Vengriyaning Paksh shahrida anʼanaviy tarzda o‘tkaziladigan Shahar kuni bayramida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda mahalliy aholi, jamoatchilik vakillari, ishbilarmon doiralar hamda xorijiy mehmonlar ishtirok etdi.

Bayram dasturi doirasida O‘zbekiston vakillari mamlakatning madaniy-tarixiy, sayyohlik va gastronomik salohiyatiga oid taqdimot o‘tkazdi. Tashrif buyuruvchilarga O‘zbekistonning boy tarixiy merosi, Buyuk Ipak yo‘li bo‘yida joylashgan qadimiy shaharlar, betakror meʼmoriy yodgorliklar, milliy anʼanalar hamda zamonaviy turizm imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

O‘zbekiston elchisi Oybek Shahavdinov tadbir ishtirokchilarini o‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixi, o‘ziga xos madaniyati, mehmondo‘stlik anʼanalari va zamonaviy O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirdi. Shuningdek, O‘zbekiston–Vengriya munosabatlarini yana-da mustahkamlash, gumanitar hamkorlikni kengaytirish va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tadbirning eng qiziqarli qismlaridan biri milliy taomlar taqdimoti bo‘ldi. Mehmonlar uchun anʼanaviy o‘zbek palovini tayyorlash bo‘yicha mahorat darsi tashkil etilib, ular o‘zbek pazandalik anʼanalari va palov tayyorlash jarayoni bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.

Shuningdek, O‘zbekiston elchixonasi tomonidan tayyorlangan palov va milliy salatlar degustatsiyasi ham o‘tkazildi. Milliy taomlar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otib, yuksak baholandi. Tadbir ishtirokchilarining ko‘pchiligi O‘zbekiston madaniyati, anʼanalari va sayyohlik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish istagini bildirdi.

Elchixona diplomatlarining Paksh shahridagi bayram tadbirlarida ishtiroki xalq diplomatiyasi va madaniy almashinuvning muhim qismi sifatida baholanib, O‘zbekistonning xalqaro ijobiy imijini mustahkamlash hamda ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish