Toshkent viloyati Italiya bilan investitsiya va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirmoqda
May 19, 2026. 15:25 • 2 daq
• 31RIM, 19-may. /“Dunyo” AA/. Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Italiyaga bordi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tashrif doirasida Latsio shahri prezidenti Franchesko Rokka bilan uchrashdi. Muzokaralar davomida Toshkent viloyati va Latsio shahri o‘rtasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Italiya tomoni Toshkent viloyati bilan farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, turizm, taʼlim, qurilish materiallari ishlab chiqarish, shuningdek, yuqori malakali mutaxassislarning uyushgan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Bundan tashqari, delegatsiya vakillari qator xalqaro tashkilotlar, yirik kompaniyalar va biznes assotsiatsiyalari rahbarlari bilan ham uchrashdi.
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) rahbariyati bilan uchrashuvda Toshkent viloyatida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Xususan, sug‘orish tizimlarini rivojlantirish, yaylovlardan samarali foydalanish, yoshlar bandligini taʼminlash, go‘sht mahsulotlari yetishtirish, viloyat uchun FAO grantlari hajmini oshirish, issiqxona xo‘jaligi va kooperatsiya sohasidagi loyihalarni ishga tushirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Tashrif davomida Italiyaning qator yetakchi kompaniya va assotsiatsiyalari bilan bazalt tolasi va gidroponika uchun xomashyo ishlab chiqarish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shu bilan birga, chorvachilik, ozuqa-yem yetishtirishni rivojlantirish, chiqindilarni yig‘ish va saqlash uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish bo‘yicha fikr almashildi.
Tomonlar mahalliylashtirish, qishloq xo‘jaligi texnikasi, to‘qimachilik sanoati, issiqxona xo‘jaligi, logistika va eksport kabi yo‘nalishlarda ham hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishib oldi.
Muzokaralar yakunida Toshkent viloyatida investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish hamda eksport sohasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi








